Toshkent mitropoliti dindorlarga murojaat qildi

Toshkent va Oʻzbekiston mitropoliti Vikentiy dindorlarga murojaat qildi.

Toshkent mitropoliti dindorlarga murojaat qildi

Mitropolit koronavirus epidemiyasi qurboni boʻlganlarning barchasiga hamdardlik bildirdi hamda prezident va hukumatning infektsiya tarqalishining oldini olish boʻyicha tavsiyalariga amal qilishga chaqirdi.

TOSHKENT, 16 mar - Sputnik. Toshkent va Oʻzbekiston mitropoliti Vikentiy dindorlarga murojaat qildi. U koronavirus epidemiyasi qurboni boʻlganlarning barchasiga hamdardlik bildirdi hamda prezident va hukumatning infektsiya tarqalishining oldini olish boʻyicha barcha tavsiyalariga amal qilishga chaqirdi.

"Muhtaram prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev va hukumat mamlakatimizda odamlar bexatar yashashi uchun infektsiyaning tarqalishining oldini olishga barcha choralarni koʻrmoqda. Buning uchun ularga minnatdormiz va oʻzimizi foydamiz uchun barcha tavsiyalarga quloq solishimiz va amalga oshirishimiz kerak. Ayniqsa, ommaviy yigʻilishlar va gavjum tadbirlarni cheklash kabi muhim murojaatga amal qilishimiz darkor. Shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishimiz kerak. Ammo eng muhimi - xotirjam boʻlish va vahima qoʻzgʻashning oldini olish. Biz butun Oʻzbekiston xalqi uchun duo qilamiz”, - dedi oʻz nutqida mitropolit Vikentiy.

Eslatib oʻtamiz, ayni paytda Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilgan bemorlar soni 8 nafarga yetdi. Bemorlar bilan muloqotda boʻlganlarning roʻyxati olinib, ularning salomatligi ustidan ham tibbiy nazorat oʻrnatildi.

Sputnik / Ramiz Baxtiyarov

Read more: https://oz.sputniknews-uz.com/society/20200316/13689676/Toshkent-mitropoliti-dindorlarga-murozhaat-ildi.html